
Okampos faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
"Sevilya" futbolchisi Lukas Okampos faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Unga "Fulxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Talk Sport" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transfer londonliklarga 13 million evroga tushishi kutilmoqda. Tomonlar deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan.
"Sevilya" Okampos o‘rnini "Barsa" a’zosi Abde bilan to‘ldirishi mumkin. Klub uni ijara olishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Fikrlar