
OKMK – «Navbahor» uchrashuvi O‘zbekiston kubogi musobaqasida ilk marotaba o‘tkaziladi (prevyu)
O‘zbekiston kubogi, yarim final bosqichi doirasida OKMK Namanganning «Navbahor» jamaosini Olmaliqda qabul qiladi.
Ushbu bahs jamoalarning mavsumdagi 3-o‘yiniga aylanadi. Superligada o‘tkazilgan 1-davradagi bahsda «konchilar» o‘z uyida «lochinlar» ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan. Namanganda o‘tkazilgan 2-davradagi o‘yinda esa durang (0:0) natijasi qayd etilgan.
Umumiy hisobda shu paytga qadar bu ikki klub o‘zaro 32 o‘yinda bahslashgan. Ustunlik «konchilar» tarafida — 13 g‘alaba. «Lochinlar» esa 9 bor olmaliqliklarni mag‘lubiyatga uchratgan. Qolgan 10 uchrashuvda durang bo‘lgan.
Ta’kidlash lozimki, OKMK – «Navbahor» uchrashuvi O‘zbekiston kubogi musobaqasida ilk marotaba o‘tkaziladi.
O‘zbekiston kubogi, 1/2-final.
19 oktyabr, payshanba
OKMK — «Navbahor» (18:00)
Olmaliq, «OKMK sport majmuasi» stadioni.
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Rishat Nugmanov, Aleksandr Sidorov, Farrux Yusupov
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Bekzod Aripov
Fikrlar