
Oksleyd-Chemberlen roppa-rosa bir yildan so‘ng yana "Liverpul" safida maydonga tushishi mumkin
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Angliya premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Xaddersfild” jamoalari bahsi boshlanadi.
E’tiborlisi, mersisaydliklar yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen bugun joriy mavsumda ilk bor maydonga tushishi mumkin. Bosh murabbiy Yurgen Klopp uni bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Oksleyd-Chemberlen so‘nggi bor 2018 yilning 24 aprel kuni “Roma”ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL yarim final bahsida maydonga tushgan va ana shu uchrashuvda jiddiy jarohat olgan edi.
Fikrlar