Oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tuvchi super janglar (Anons)

  • 17 sentabr, 2023, 17:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks hamda MMA olamida bizni juda ham qiziqarli janglar kutib turibdi. Ayniqsa, otyabr hamda noyabr oylarida super janglarni guvohi bo‘lamiz. Hozirgi kunga kelib, rasman aniq bo‘lgan janglar anonsi bilan tanishtiramiz. Demak, oktyabr va noyabr oylarida bizani ushbu janglar kutib turibdi.

Tecno

30 sentyabr, Las-Vegas (AQSh)

Saul Alvares (59-1-2,39 KO) – Jermell Charlo (34-1-1, 18 KO)

-76,2 kg vazn toifasida o‘tkaziladigan ushbu qarama-qarshilik WBC, WBO, IBF, WBO chempionlik kamarlari uchun o‘tkaziladi. Qaysidir ma’noda Charlo Alvares uchun boshog‘riq bo‘lishi mumkin. Chunki, unda “Kanelo”ga qarshilik ko‘rsatish uchun etarlicha imkoniyatlar mavjud. Biroq, meksikalik bokschida ulkan tajriba va yuqori texnika mavjud va aynan shuning uchun ham ushbu jangda “Kanelo” favorit. Biroq, bu professional boks va unda har qanday holat yuzaga kelishi mumkin.

kan_6

 

21 oktyabr Abu-Dabi (BAA)

Islom Maxachev (21-1) – Charlz Oliveyra (27-9)

Xabaringiz bor, bu ularning revansh jangi hisoblanib, dastlabkisida Maxachev muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Mazkur qarama-qarshilik engil vazn (70,3 kg) toifasi chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Ha, Oliveyra munosib raqib, biroq Maxachev bu safar ham unga imkoniyat qoldirmasa kerak.  Albatta, bu shaxsiy fikr.

olivey

28 oktyabr

Tayson Fyuri (33-0-1, 24 KO)– Frensis Ngannu  (17-3)

Ha. Bu o‘ziga xos shou jangi hisoblanadi. Ya’ni, boks qirollaridan biri Fyuri UFCning og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioniga qarshi boks yo‘nalishida jang qiladi. Tabiiyki, Fyuri bu jangda yaqqol favorit. Ammo, Ngannuda portlovchi, “dahshat”li zarba bor. Kim biladi deysiz, balki sensatsiya yuz berar. Buni esa jang kuni bilib olamiz.

ngannu_1

11 noyabr. Nyu-York (AQSh)

Jon Jons (28-1)–Stipe Miochich (20-4)

UFCning og‘ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Miochich hamda amaldagi chempioni Jons qarama-qarshiligi ham sport ishqibozlarini befarq qoldirmasa kerak. Ha, Jons vaznini o‘zgartirib, og‘ir vaznda ham chempion bo‘ldi. Miochich esa, “stoyka”si benazir bo‘lgan jangchilardan sanaladi. Biroq, unda baribir pasayish yuzaga kelgan. Ammo, UFCda ko‘p “apset”lar bo‘lib turadi. Garchi, buni ehtimoli juda ham kam bo‘lsa-da, Miochich osonlikcha taslim bo‘lmasa kerak. Yana kim biladi, deysiz...

mil

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!