Olaaa! MYu Maguayrni asosiy figura deb biladi

  • 29 iyul, 2023, 01:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Xarri Maguayr bilan xayrlashmoqchi emas.

"Sky Sports" xabariga ko‘ra, "Vest Xem" himoyachi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda, ammo mankunianliklar sobiq sardorni asosiy figuralardan biri, deb bilishadi va faqat juda katta summadagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Xuddi shu qaror yarim himoyachi Skott Maktomineyga ham tegishli.

"Vest Xem" ikkala futbolchini ham ijaraga olishni o‘ylamoqda, ammo "Manchester Yunayted" hozircha ushbu taklifni tinglashni xohlamayapti. 

 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!