Oladigan bormi? MYu Reshford uchun narx belgiladi

"Manchester Yunayted" Markus Reshford uchun narx belgiladi. 

"ESPN" xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" yozda ingliz futbolchisi uchun hozircha taklif olmagan. 

Joriy moliyaviy holatdan kelib chiqqan holda, jamoa Markus Reshford uchun 70 million funt sterlinglik taklifni ko‘rib chiqadi. Biroq "qizil iblislar" bu summani to‘lashga tayyor bo‘lgan klubdan umid qilmayapti. 

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, mankunialiklar faqatgina PSJ bu talabni bajara olishiga ko‘zi etyapti. Parijliklar avvalroq ingliz futbolchisiga qiziqqan, ammo ayni dam ular "Real"ga yo‘l olishi kutilayotgan Mbappe o‘rniga Markusni ustuvor variant deb bilmaydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!