
Olimlar ilmiy tadqiqot orqali Messining Ronaldudan ikki karra zo‘rligini isbotladi
Niderlandiyaning SciSports axborot kompaniyasi Belgiyadagi Lyoven universiteti bilan birga zamonamizning etakchi hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining o‘yin sifatini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot o‘tkazdi.
Natijalar argentinalik futbolchini maydonda portugaliyalik hujumchidan ikki barobar foydali ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot o‘yinning ko‘plab parametrlariga asoslangan “imkoniyatlarni baholash asosida harakatlar foydasi” printsipi bo‘yicha o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, futbolchining o‘yin davomidagi har bir harakati baholanadi va yakuniy natijaga ta’siri o‘rganiladi. Olimlar tadqiqot uchun Messi va Ronalduning 2013-2016 yillardagi faoliyatini tanlab oldi. Chunki mana shu uch yil har ikki futbolchi uchun eng samaralisi bo‘lgan.
Tadqiqot xulosasiga ko‘ra Messi maydonda to‘p bilan ko‘p harakat qilish, xavfli vaziyat yaratishi, o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazish kabi qator muhim xususiyatlar bo‘yicha Ronaldudan ikki karra kuchliroq ekan.
Fikrlar