"Olimpik" - "Andijon" o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv

  • 3 aprel, 2023, 01:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning navbatdagi raqibi hisoblanmish – “Olimpik” klubi Superligadagi debyut mavsumini o‘tgan yili boshlaganidan xabardorsiz. O‘shanda Timur Kapadze jamoasi chempionatni 6-o‘rinda yakunlagan.

Tecno

E’tiborli tomoni shundaki, hali “Olimpik” va “Andijon” klublari rasmiy bahslarda umuman to‘qnash kelishmagan. Boisi, andijonliklar 2022 yilgi mavsumda pro ligada ishtirok etgan. Shunday ekan, O‘zbekiston chempionati tarixida ilk bor mazkur jamoalar rasmiy ravishda maydonda o‘zaro bellashadilar.

Bilsangiz kerak, “Olimpik” klubi futbolchilari O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining negizini tashkil qiladi. Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze “Olimpik” klubiga ham ustozlik qilib kelmoqda.

"Andijon"ning bo‘lajak raqibi joriy yilgi chempionatning dastlabki 3 ta turda bittadan g‘alaba, durang hamda mag‘lubiyat qayd etgan, - deya xabar bermoqda, "Andijon" matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, "Olimpik" - "Andijon" o‘rtasidagi bahs bugun soat 17:00 da Jar stadionida boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!