
"Olimpik" bugun Moldovaning amaldagi chempioni bilan o‘ynaydi
Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichini davom ettirayotgan "Olimpik" jamoasi bugun yig‘in doirasidagi birinchi sinov-nazorat bahsini o‘tkazadi.
Temur Kapadze shogirdlarining bugungi raqibi Moldovaning amaldagi chempioni "Sherif" bo‘ladi.
Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00, Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Bellashuv "Susesi" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar