"Olimpik" kubok bahslarida "Navbahor"ga ikki bor mag‘lub bo‘lgan (prevyu)
O‘zbekiston kubogi “F” guruhi 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Olimpik” mehmoni bo‘ladi.
Tomonlar kubok o‘yinlarida shu paytgacha ikki marta ro‘baro‘ kelgan: 2021 yili guruh bosqichi va 2022 yili 1/8 finalda.
Mazkur bellashuvlarning har ikkisida ham “lochinlar” 1:0 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l olgan. 2021 yili esa 1/8 final yo‘llanmasini "olimpiyachilar" ham 2-o‘rin sohibi sifatida qo‘lga kiritgandi.
Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari:
2021 yil
30.04.2021. “Navbahor” – “Olimpik” – 1:0 (1:0)
Gol: Mirzohid G‘ofurov (29).
2022 yil
23.08.2022. “Olimpik” – “Navbahor” – 0:1 (0:1)
Gol: Jamshid Boltaboev (20).
Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi 2 iyul kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 20:00 da start oladi.
“Navbahor” matbuot xizmati



Fikrlar