
"Olimpik" "Surxon" darvozasiga 5 ta gol urdi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Olimpik" jamoa bugun Qibrayda “Surxon«ga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin 5:1 hisobida "Olimpik"ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv 30 daqiqalikdan 4 ta taym formatida o‘tkazildi. "Olimpik" tarkibida gollarga Nodirbek Abdixoliqov, Akbar O‘ktamov, Sunnatilla Abdullajonov, Oybek O‘rmonjonov va Muhsin Bozorov mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi
Qibray, 9 sentyabr.
"Surxon" - "Olimpik" - 1:5
Gollar: Jahongir Abdusalomov, 18 - Nodirbek Abdixoliqov, 9. Akbar O‘ktamov, 28. Sunnatilla Abdullajonov, 55-pen. Oybek O‘rmonjonov, 88. Muhsin Bozorov, 118.
"Olimpik": Shukron Yuldashev, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Akbar Abdirasulov, Shahzod Toirov, Maqsud A’loxo‘jaev, Nodir Abdixoliqov, Muhammadaziz Ibrohimov, Farruh Muxtorov, Sunnatilla Abdullajonov, Akbar O‘ktamov, Abdulaziz Abdusalomov.
Zaxiradan tushganlar: Edem Nemanov, Jahongir Bo‘riev, Ulug‘bek Sharipov, Rustam Jahonov, Sherzod Komilov, Jaloliddin Sodiqov, Rian Islamov, Temur Tulegenov, Oybek O‘rmonjonov, Anvar Alijonov, Muhsin Bozorov, Obloyor Rahmatov.
"Olimpik" matbuot xizmati.
Fikrlar