"Olimpik" va "Neftchi" Superligada ikki marta to‘qnashgan (prevyu)

  • 21 may, 2023, 13:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi"ning bugungi raqibi Toshkentning "Olimpik" jamoasi  mamlakatimizning eng yosh klublaridan bo‘lib, 2021 yilda tashkil topgan. Bundan asoosiy maqsad, 2024 yilda Frantsiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga munosib futbolchilarni tayyorlashdan iboratdir.

Tecno

Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi klub 2021 yil futbol mavsumida Pro liga musobaqalarida omadli qatnashib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga  kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa uy uchrashuvlarini poytaxtdagi JAR  sport arenasida o‘tkazib kelmoqda.

"Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida "Olimpik"  jamoasi bilan Pro ligada 4 marta va Superligada ikki marta  o‘zaro to‘qnash kelishgan.Bularning 2 tasida "Olimpik" g‘alaba qozongan, 3 ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan va bitta bahsda farg‘onaliklar ustun kelishgan.To‘plar nisbati 8:4 toshkentliklar foydasiga.

Qayd etilgan barcha uchrashuv natijalarini keltirib o‘tamiz.

SUPERLIGA
10.05.2022y.
"Neftchi"-"Olimpik"  0:0
08.10.2022y.
"Olimpik"-"Neftchi"  1:1
PRO LIGA
22.03.2021y.
"Neftchi"-" Olimpik" 0:0
08.06.2021y.
"Olimpik"-" Neftchi" 3:0
24.09.2021y.  "Neftchi"-"Olimpik"  3:2
08.11.2021y
"Olimpik"-"Neftchi"  2:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!