Olive Jiru "Everton"ga o‘tishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Olive Jiru faoliyatini “Everton”da davom ettirishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, liverpulliklar 30 yoshli futbolchining transferi uchun 20 mln evro berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik hujumchining xizmatlariga shuningdek, “Vest Xem”, “Marsel” va “Lion” klublari ham qiziqish bildirgan.

Agar “Arsenal” “Lion” hujumchisi Aleksandr Lyakazettni o‘z safiga qo‘shib ololmasa, Jiruni qo‘yib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!