
Oliy liga: 7-tur ramziy terma jamoasi (Foto)
Xabaringiz bor, 20-22 aprel kunlari oliy liga 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
3 kun bo‘lib o‘tgan oliy liga 7-tur uchrashuvlari bizga bir qancha kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Jumladan Jizzaxda “Neftchi” “So‘g‘diyona”ni 1:0 hisobida taslim etib mavsumdagi o‘zining birinchi g‘alabasini nishaonladi. “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” o‘z yo‘lida davom etmoqda. “Bunyodkor” esa Toshkentda “Dinamo” bilan murosa ko‘chasini tanladi. Shu kabi natijalar bilan oldinroq xabardor qilganmiz.
Quyida SPORTS.uz talqini bo‘yicha 6-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin.
Darvozabon: Xurshid Xo‘jaev “Olmaliq”
Himoyachilar: Sardor Rahmonov “Mash’al”, Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”, Shukurali Po‘latov “Qizilqum”.
Yarim himoyachilar: Akmal Bozorov “Dinamo”, Oybek Qilichev “Navbahor”, Ikrom Aliboev “Lokomotiv”, Abdurahmon Abdulhaqov “Neftchi”.
Hujumchilar: Marat Bikmaev “Lokomotiv”, Suxrob Berdiev “Qo‘qon-1912”, Dragan Cheran “Nasaf”.
Fikrlar