"Oloy" bosh murabbiyi: "Nasaf" nafaqat guruhning, balki musobaqa favoriti sanaladi"

  • 13 may, 2021, 18:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida OFK Kubogi guruh bahslariga start beriladi.

“F” guruhidan joy olgan “Nasaf” jamoasi Qirg‘izistonning “Oloy” klubiga qarshi ilk turni o‘tkazadi. Mazkur bellashuvga ikkala jamoa ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Albatta, ushbu bellashuvda vakillarimiz favorit sanaladi.

O‘yindan oldin “Oloy” bosh murabbiyi No‘’monjon Yusupov sports.uz muxbirining “Nasaf”ni mag‘lub etish yo‘lini topdingizmi, degan savoliga shunday javob qaytardi:

- Aytishim mumkinki, biz oldimizdagi o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ammo bu nihoyatda og‘ir uchrashuv bo‘lishini ham bilib turibmiz.

Biz “Nasaf”ni yuta olamizmi? Bu savolga javobni faqat o‘yin bera oladi. Men sizga oldin ham aytganman: “Nasaf” kuchli raqib. Bu klub nafaqat guruhning, balki OFK Kubogining favoriti hisoblanadi. Lekin biz har qanday vaziyatda ham “Nasaf” jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz, - dedi bosh murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!