
Olti nafar dzyudochimiz "European Cup 2024" finalida!
Portugaliyaning Koimbra shahrida yoshlar o‘rtasida "European Cup 2024" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina dunyoning 23 davlatidan jami 539 nafar dzyudochi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada final ishtirokchilari hamda bronza medali uchun tatamiga chiqadigan dzyudochilar ma’lum bo‘ldi.
Quvonarlisi, 9 dzyudochimizdan 6 nafari finalga etib keldi. Yana bir dzyudochi qizimiz bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Final juftliklari:
-50 kg: Arturbek Ibodullaev - Sverre De Vitte (Belgiya)
-55 kg: Dilshod Karimov - Viktor Hugo Silva (Braziliya)
-60 kg: Muhammadjon Masharipov - Nihad Rahimov (Ozarbayjon)
-66 kg: Inoyat Telmanov - Salim Sultanov (Ozarbayjon)
Qizlar
-40 kg: Dinora Hasanova - Fenne Piters (Belgiya)
-48 kg: Zuhra Alimova - Nikolli Kareyro (Braziliya)
Bronza medali uchun:
-44 kg: Dilnoza Hamitova - Maylis Dapa (Belgiya).
Fikrlar