
"Oltin butsa" sohibining maoshi oshadi
Italiyaning «Latsio» klubi hujumchi Chiro Immobilening maoshini oshirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Rimliklar 30 yoshli forvardning maoshini ikki barobarga ko‘tarmoqchi. Ya’ni yiliga 2,5 mln evro maosh olayotgan Immobile endi 4,5 mln evro ishlab olishi mumkin.
Italiyalik hujumchining «Latsio» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Chiro Immobile bu mavsum Evropa milliy chempionatlarida eng ko‘p (36) gol urgan holda "Oltin butsa" sohibiga aylandi.
Fikrlar