"Oltin parashyut"

  • 30 oktabr, 2021, 21:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Elitadan tushib ketish barcha jamoalar uchun faoliyatidagi eng omadsiz voqea ekanligi aniq. Bu o‘z-o‘zidan klubdagi yulduzlarning ketishiga va moliyaviy muammolarga olib keladi. Buni so‘nggi 15 yil ichida kuchli beshlikdagi 142 klub o‘z boshidan o‘tkazdi. Afsuski, ularning aksariyati uchun elitani tark etishi juda qimmatga tushdi.

Boshqalar esa...

Ligani tark etgan klublardagi ikki xil vaziyat kuzatiladi.Ayrim jamoalar, yana kuchlilar safiga qaytish uchun bor resursni ishga solsa, qolganlari yanada quyi ligalarga ravona bo‘lib, yo‘qolib ketadi. Birinchi variant asosida ish ko‘radiganlarni futbol tilida "lift klublar", deb atashadi. Ular o‘z nomiga yarasha elita va quyi ligada navbati bilan ishtirok etadi. APL misolida vaziyatga nazar tashlasak, birinchi bo‘lib "Vest Bromvich" e’tiborimizni tortadi.

Klub so‘nggi 15 yil ichida asosiy ligani 4 bor tark etdi. 2021/22 yilgi mavsumdagi natijalardan kelib chiqsak, jamoa 5-bor Premer-ligaga chiqish taraddudini ko‘rmoqda. Undan keyingi o‘rinda "Norvich" klubi joylashgan. Agar "kanareykalar" joriy mavsum APLda jon saqlab qolmasa, so‘nggi 15 yil ichida 4-bor bir qadam ortga tashlashga majbur bo‘ladi.
Kuchli beshlik doirasidagi boshqa chempionatlarda bu ko‘rsatkich borasida kim "yuqori" pog‘onalarda bormoqda?

  • Germaniya: "Kyoln" – 3, "Nyurnberg" – 3;
  • Italiya: "Lechche" – 4, "Empoli" – 3, "Livorno" – 3;
  • Frantsiya: "Trua" – 4, "Kan – 3", "Lans – 3", "Metts" – 3;
  • Ispaniya: "Deportivo" – 3.

gi34jig34jig

Ikkinchi variant asosida ish ko‘rishga majbur bo‘ladigan jamoalar pastki ligalarda uzoq qolib ketadi. Gap APL haqida borar ekan, so‘nggi 10 yil ichida elitani tark etgan 9 klub hali-hamon o‘ziga kela olmayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. "Uigan", "Reding", "Xall Siti", "Sanderlend", "Midlsbro", "Suonsi", "Stok Siti", "Xaddersfild" va "Bornmut" turli xil voqealarni boshidan kechirishga majbur bo‘ldi. KPR, "Xaddersfild", "Stok Siti", "Reding" va "Midlsbro" jamolarining moliyaviy va turnir jadvalidagi ahvoli ancha murakkab. Ularda yaqin yillar ichida APLda to‘p surish imkoniyati yo‘q. "Uigan" va "Sanderlend" esa, Chempionshipda ham jon saqlab qolishni uddalay olmadi. Yaqindagina APLda shonli yurish amalga oshirgan jamoalar hozir Angliyaning 3-ligasida o‘rtamiyona klub sanaladi.

APLni tark etish, fojia emas!

"Sanderlend"ga achinishingiz aniq, biroq ligani tark etgan hamma klub ham bunday og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazmaydi. "Aston Villa" 2015/16 yilgi mavsumdagi omadsizlikdan so‘ng elitaga yanada kuchli bo‘lib qaytishni uddaladi. "Nyukasl" esa, hatto yangi egalari yordamida tez orada grandlar safini to‘ldirishi hech gap emas. "Tifosy" bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, kuchli beshlik klublari ichida ligani tark etgan jamoalar orasida inglizlar eng ko‘p kambekni amalga oshiradi. Eng yomon ko‘rsatkich Liga-1ga tegishli. Frantsiyada pastga "qulagan" klublarning ortga qaytishi qolgan chempionatdagilarnikidan ancha kamroq. Bu ko‘rsatkich o‘z-o‘zidan yuzaga kelmagan. APL elitani tark etgan jamoalarga "oltin parashyuut" taqdim etadi.

kofko34kfo34kf

Bu teletranslyatsiyalardan kelib tushgan summaning bir qismi klublarga to‘lab beriladi, degani. 2020/21 yilgi mavsum yakunida chempionatda to‘p surgan 20 klub hisob raqamiga 123 million funt sterlingdan o‘tkazilgan. To‘g‘ri, bu pullar ikkiga bo‘lib to‘lanadi. Birinchi mavsumda 55(67,65 million funt), keyingi yili 45 foiz mablag‘ (55,35 million funt) qurtdek sanab beriladi. Agar qatorasiga 3 mavsumdan beri ligada to‘p surayotgan jamoa bo‘lsa, unga to‘lanadigan summa 20 foizga qisqartiriladi. Agar elitani tark etgan jamoa bir mavsumdan so‘ng ortga qaytsa, uning APLda qolgan translyatsiyalardan tushgan pullarning ikkinchi qismi (45 foizi) APLning umumiy byudjetiga o‘tib ketadi. Yil yakunida esa, bu pullar 20 klubga bo‘lib beriladi. Shu tariqa, chempionatni tark etgan klub qo‘lga kiritadigan pul ortib boraveradi. Shu qoida sababli birinchi urinishdayoq ligaga qaytgan "Uotfurd" va "Norvich" o‘z ulushlarining ikkinchi qismini (45 foiz) chempionatning umumiy byudjetiga (83 million funt) o‘tkazib yubordi.

"Oltin parashyut" sababli Angliya klublarining moliyaviy ahvoli bir me’yorda saqlanib turadi. Chempionshipda esa, o‘z-o‘zidan moddiy jihatdan teng kuchlar kurash olib boradi. Liga tomonidan to‘lab beriladigan pullar jamoaning asosiy futbolchilarini klubda olib qolish yo‘lida sarflanadi. Shu faktor sababli Angliya klublari pastga qulaganida, jamoa brendining umumiy qiymati atigi 27 foizga arzonlashadi, xolos. Bu boshqa ligalardan bir necha barobar yaxshiroq natija degani.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!