
“Oltin to‘p” sohibi “Real”ga o‘tishiga munosabat bildirdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” joriy mavsum yakunlanishi bilan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirib qo‘ygan.
Madridliklar maydon markazida ustunlikni ta’minlash maqsadida “Manchester Siti”ni yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi og‘ir jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.
Shunga qaramay, “Qirollik klubi” mutasaddilari bu transfer bo‘yicha ish boshlashga hozirlik ko‘rayotgan edi.
Rodri kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘ldi. Bild nashrining yozishicha, Evropa chempioni hisoblangan 28 yoshli futbolchi Manchesterdan hech qaerga ketmasligini ta’kidlagan.
Aslida “Atletiko” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan madridlik futbolchi faoliyati davomida “Vilyarreal” safida ham o‘yngan. “Shaharliklar” tayanch yarim himoyachisni 2019 yili “Atletiko”dan 70 million evroga sotib olgan. Rodrining hozirgi transfer summasi 130 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar