“Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar nomi aniq bo‘ldi

  • 26.04.2022 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrini nomzodlarining yangi reytingi e’lon qilindi, deb xabar tarqatd Goal.com.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Real” hujumchisi Karim Benzema reytingda  etakchilikni saqlab turibdi.

Yangilangan reytingda ikkinchi o‘rin egasi o‘zgardi. “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh nufuzli sovrin uchun kurashda Benzemaning asosiy raqobatchisi bo‘ladi. “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski uchinchi qatorda qayd etilgan.

Kuchli beshlikka “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane va “Manchester Siti” pleymeykeri Kavin de Bryuyne qo‘shildi.

So‘nggi yillarda “Oltin to‘p”ni hech kimga bermay kelayotgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bu gal kuchli yigirmatalikka ham kira olmadi.

Reytingdagi dastlabki o‘n pog‘ona quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Karim Benzema – “Real”.
  2. Muhammad Saloh – “Liverpul”.
  3. Robert Levandovski – “Bavariya”.
  4. Kilian Mbappe – PSJ.
  5. Sadio Mane – “Liverpul”.
  6. Kevin De Bryuyne – “Manchester Siti”.
  7. Luka Modrich – “Real”.
  8. Vinisius Junior – “Real”.
  9. Filip Foden – “Manchester Siti”.
  10. Trent Aleksander-Arnold – “Liverpul”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!