"Oltin to‘p"ni kim olishi kerak? MYu afsonasi javob berdi

  • 29 may, 2022, 18:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rio Ferdinandning fikricha, Karim Benzema "Oltin to‘p"ni olishi lozim. 

"O‘ylashimcha, "Oltin to‘p" uchun bahs-munozaralarga asos qolmadi. Agar Karim Benzema ushbu sovrinni qo‘lga kiritmasa, "bu haqiqiy masxarabozlik bo‘ladi", - dedi "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi "BT Sport" nashriga. 

Madridliklar bilan bu mavsumda Benzema La Liga, Chempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi. Karim ispaniya chempionatida 27 ta EChLda esa 15 ta gol urib, har ikkala turnir to‘purariga aylandi. 

34 yoshli forvard joriy mavsum "Real" safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol va 15 ta golli uzatma amalga oshirdi.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!