“Oltin to‘p”ni olgan Messi “Barselona” haqida nimalar dedi?

  • 31 oktabr, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Oltin to‘p” sovrinini sakkizinchi marotaba qo‘lga kiritgan Lionel Messi o‘zini tarbiyalagan “Barselona” jamoasiga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

Tecno

- Albatta, men “Barselona”ni doimiy kuzatib boraman. Bu men sevgan va umrimning oxirigacha qadrlaydigan klub. Hozir ularda zo‘r jamoa bor. Ular Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun kurashga tayyor.

“Barselona” bosh sovringa da’vogar ekaniga hech qanday shubham yo‘q. Biroq ularga ortiqcha bosim o‘tkazmaslik kerak, - dedi Lionel Messi.

Ayni paytda “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi faoliyatidagi aksariyat yutuqlarni kataloniyaliklar bilan birga qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!