
"Omadli taqvim". Sakkizinchi sonda ikki nafar g‘olib aniqlandi
Bugun SPORTS.uz internet nashri tomonidan ta’sis etilgan "Omadli taqvim" sovrinli o‘yinining sakkizinchi soni bo‘lib o‘tdi.
Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlar orasidan 6 tasini tanlab olib, 5454 raqamiga (UMS abonentlari 77777) yuborishlari talab etiladi. G‘olib esa "Omadli taqvim barabani" yordamida aniqlanadi.
Unga ko‘ra, baraban sakkizinchi sonda dastlabki raqam sifatida 30 ni tanladi. So‘ngra qolgan raqamlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish hosil qildi - 5, 29, 28.
Beshinchi raqamni aniqlash jarayonida baraban avvaliga 7 va 29 raqamlari o‘rtasida to‘xtadi va shu bois ushbu raqam qayta o‘ynaldi. Natijada beshinchi raqamni aniqlash uchun yana bir bor barabanga murojaat etildi va bu safar mazkur qurilma bizga 13 raqamini taqdim etdi.
Oltinchi raqam ham 13 ni tashkil etdi va ushbu raqam ilgari o‘ynalgani bois, baraban yana aylantirildi va bu safar so‘nggi raqam 32 ga teng bo‘ldi.
E’tiborlisi, baraban tanlagan 30, 5, 29, 28, 13 va 32 raqamlarining beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 2 tani tashkil etdi.
Endi esa ushbu ikki nafar ishtirokchiga bitta Redmi rusumidagi smartfonning qiymati pul ko‘rinishida taqsimlab beriladi.
Bugungi sonda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar
+998 99 XXX-60-25
+998 90 XXX-54-71
Fikrlar