"Omadli taqvim"ning to‘qqizinchi sonida olti nafar g‘olib aniqlandi

Bugun  SPORTS.uz internet nashri tomonidan ta’sis etilgan "Omadli taqvim" sovrinli o‘yinining to‘qqizinchi soni bo‘lib o‘tdi. 

Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlar orasidan 6 tasini tanlab olib, 5454 raqamiga (UMS abonentlari 77777) yuborishlari talab etiladi. G‘olib esa  "Omadli taqvim barabani" yordamida aniqlanadi.

Unga ko‘ra, baraban to‘qqizinchi sonda dastlabki raqam sifatida 1 ni tanladi. So‘ngra qolgan raqamlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish hosil qildi - 10, 30, 29.

Beshinchi raqamni aniqlash jarayonida baraban bizga 24 raqamini taqdim etdi. So‘nggi raqamni topish oldidan bizda g‘oliblikka da’vogarlik qiluvchilar soni 3 tani tashkil etdi. Ammo ularning hech biri so‘nggi - 25 raqamini topa bilmadi va to‘qqizinchi sonda ham bosh sovrin egasi aniqlanmadi.

Shunday bo‘lsada, baraban tanlagan 1, 10, 30, 29, 24 va 25 raqamlarining beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 6 tani tashkil etdi.

Endi esa ushbu olti nafar ishtirokchiga bitta Redmi rusumidagi smartfonning qiymati pul ko‘rinishida taqsimlab beriladi.

raqam1

Bugungi sonda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar 

 +998 93 XXX-38-58

 +998 99 XXX-25-27

+998 90 XXX-53-75

+998 94 XXX-46-43

+998 90 XXX-20-19

+998 91 XXX-70-24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Gaffarov Muzaffar
24/05/2019 16:44
G'oliblani tabriklaymiz.