Omar "Bavariya" bilan shartnoma imzoladi!
"Reding" klubi chap qanot himoyachisi Omar Richards faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli angliyalik futbolchi nemis grandi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va klub bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Hozirgi transfer narxi 5 mln evroga baholanayotgan Omar "Bavariya"da 3-raqamni tanladi.
Richards "Reding" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu paytgacha asosiy jamoada 104 ta o‘yin o‘tkazgan va 3 ta golga mualliflik qilgan.
“Bavariya” joriy mavsum Bundesligada chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Reding” esa Chempionshipda 7-o‘rinni egalladi.

Fikrlar