Onana asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotishdan qo‘rqmoqda
Andre Onana Afrika kubogidagi ishtiroki uning "Manchester Yunayted"dagi o‘rniga ta’sir qilishidan qo‘rqmoqda.
"Manchester Evening News" nashri xabariga ko‘ra, darvozabonning fikricha qishda Kamerun terma jamoasi safida o‘ynash "qizil iblislar"ning asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Kamerun finalga chiqsa, Onana MYuning 6 tagacha o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu holatda Oltoy Bayindir darvozada turadi, kamerunlik esa asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotish xavfi bor deb hisoblamoqda.
Fikrlar