Ondo Cero: "Bavariya" "Real" futbolchisini ijaraga oldi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Alvaro Odriosola mavsumni “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishgan va tez orada shartnoma imzolashlari kutilmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 24 yoshli Odriosola bugun “Real” mashg‘ulotlarida qatnashmagan va u Ispaniya kubogidan o‘rin olgan “Unionistas”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya”da Odriosoladan tashqari shuningdek “Barselona” himoyachisi Nelson Semedu nomzodi ham borligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar