O‘q otish. Germaniyada jahon kubogi bo‘lib o‘tadi

  • 31 may, 2024, 15:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
TIGGO 2 PRO

2-7 iyun kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beruvchi so‘nggi start hisoblanadi.

Mas’uliyatli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. Merganlarimiz bugun Myunxen shahriga etib borishdi. Jamoamiz mazkur musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish: Muhammad Kamalov va Vladimir Svechnikov

10 metrdan pnevmatik miltiqdan va 50 metrdan kichik kalibrli miltiqdan otish: Javohir Sohibov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!