Oq Uyda o‘tkazilgan super turnir yakunlandi
Hozirgina Oq Uyda o‘tkazilgan tarixiy UFC turniri nihoyasiga yetdi. Quyida ushbu oqshomda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Diego Lopez 2 raundda Stiv Garsiyani nokautga uchratdi;
Bo Nikal 1 raunddayoq Kayl Dakas ustidan nokaut orqali g‘alaba qozondi;
Maurisio Ruffi 1 raundda Maykl Chendlerni texnik nokaut evaziga taslim etdi;
Josh Hokit 2 raundda Derrik Lyuisni nokautga uchratdi;
Shon O'Melli 2 raundda Ayman Zahabini texnik nokaut bilan yengdi;
Og‘ir vaznda vaqtinchalik chempionlik uchun jang: Siril Gan 2 raundda Aleks Perreyrani texnik nokautga uchratdi;
Yengil vazn kamari uchun jang: Jastin G’etji va Iliya Topuriya jangi muddatdan avval yakunlandi. "El-Matador" 4 raunddan so‘ng bahsni davom ettira olmasligini bildirdi va g‘alaba amerikalikka berildi!
Ma’lumot uchun, keyingi UFC turniri 21 iyun kuni AQShda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar