
Oqgul Ispaniyadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekistonlik tennischi Oqgul Omonmurodova ITF tasnifidan o‘rin olgan Ispaniyadagi turnirdagi yurishini boshladi.
Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning ilk davrasida hamyurtimizga mezbon tennischisi Arabela Fernandez Rabener raqiblik qildi.
1 soat 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda Oqgul 6:4, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi ikkinchi davrada Omonmurodovaga gollandiyalik Bibiana Shofs raqiblik qiladi.
Fikrlar