
Origi uchun kurashda "Inter" favoritlik qilmoqda
"Inter" klubi "Liverpul" forvardi Divok Origini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarga aylandi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” belgiyalik futbolchini qishki transferlar davrida ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Origiga "Yuventus", "Shalke", "Brayton", "Fiorentina" va "Vulverxempton" klublaridan ham qiziqish bor.
25 yoshli Origi joriy mavsum “Liverpul” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar