O‘rtoqlik o‘yini. "Neftchi" tojik klubini tor-mor keltirdi

  • 22 iyul, 2023, 07:29
  • 0
  • Futbol

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi “Neftchi” Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Tojikistonning "Esxata" klubiga qarshi o‘tkazdi. Ta’kidlash joiz, murabbiylar barcha futbolchilar uchun nimaga qodir ekanliklarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratib berishdi. Birinchi bo‘limda harakatlangan futbolchilar o‘rniga, ikkinchi bo‘limda tarkib to‘liq almashtirildi.

Uchrashuvdagi gollar faqat “Neftchi” tomonidan kiritildi. Jamoaga yaqinda kelib qo‘shilgan gruziyalik hujumchi Georgiy Nikabadze burchakdan oshirilgan to‘pga egalik qilib boshi bilan zarba yo‘lladi va darvozani ishg‘ol etdi 1:0.Mazkur hisob tanaffusga qadar o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar ancha faol va hujumkor o‘yin namoyish etib, mehmonlar darvozasiga ancha-muncha xavf solib, ketma-ket uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘yinda to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan “Neftchi” yakunda yirik 4:0 hisobidagi g‘alabani nishonladi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

21 iyul "Neftchi" SK stadioni

"NEFTChI" - "ESXATA" - 4:0 (1:0).

"Neftchi" safida birinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Akbar To‘raev, Nodirxon Nematxonov,  Aleksey Larin,  Anton Krivchenko, Umar Adxamzoda, Mirzoxid G‘ofurov, DiyorTuropov,  Eduard Emsis, Sharof Muxiddinov, Vaxib Tara, Georgiy Nikabidze.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Vladimir Nazarov, Zoir Jo‘raboev, Muhsin Ubaydullaev, Anvar G‘ofurov, Izzatilla Abdullaev, Sunnatillo Abdullajonov, Lutfulla To‘raev, Abdulloh Olimov, G‘ulomhaydar G‘ulomov,  Ulug‘bek Hoshimov, Abbos G‘ulomov.

"Esxata" tarkibi: Vladislav Shevchenko, Xuseyn Nurmatov, Oybek Abdug‘afforov, Roman Xibaba, Sayyod Kovusshox, Olim Karimov, Ibrohim Eshonxonov, Siyavush Asrorov, Shaxzod Mamurjonov, Daler Imomnazarov, Sanjar Rixsiboev,

Zaxirada: Mo‘minjon Gadoyboev, Muhammad Rustamov, Abdurahmon Uzaqov, Rustam Saburov, Mubin Mo‘minov, Xoji Abdumamonov, Baxtiyor Zaripov.

Gollar: Georgiy Nikabadze, 5 - 1:0. Siyavush Asrorov, (avtogol) 50 - 2:0. Izzatilla Abdullaev, 58 - 3:0. Izzatilla Abdullaev, 68 - 4:0.

Ogohlantirish:  Anvar G‘ofurov, 56.

Amalaga oshirilmagan penalti: G‘ulomxaydar G‘ulomov, 78.

“Neftchi” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!