
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Arsenal" "Chelsi" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Arsenal" London derbisida "Chelsi"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda "kanonirlar" yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 15-daqiqasida Gabriel Jesus hisobni ochishga erishdi. 36-daqiqada Martin Edegor "to‘pchilar"ning ikkinchi goli muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limda Bukayo Saka va Sambi Lokongo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar