O‘rtoqlik uchrashuvi. "Monako" yagona gol evaziga "Valensiya"dan ustun keldi
Xabaringiz bor ayni damda Evropa kuchli beshlik chempionatlari jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Jumladan, “Monako” kecha “Valensiya”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini 18-daqiqada Layl Foster tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
“Monako” – “Valensiya” 1:0
Gol: Layl Foster 18’
Ma’lumot uchun, “Monako” Frantsiya chempionatining yangi mavsum ilk turida 9 avgust kuni “Lion”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar