O‘runov jamoasidan faqat MYu va "Barsa" oldinda!
Hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qilayotgan "Spartak" "TikTok"dagi eng mashhur jamoalardan biriga aylandi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "Blinkaire Analytics" ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva klubining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari soni 2544957taga etdi va bu borada kuchli uchlikka kirdi. "Qizil-oqlar"dan yuqorida faqat MYu va "Barselona" klublari bor. Ularning obunachilari soni mos ravishda 5029565 va 3 399 425tani tashkil etmoqda.
Kuchli beshlikka "Manchester Siti" hamda "Lester Siti" jamoalari yakun yasagan.

Fikrlar