
O‘runov men ishlagan eng zo‘r o‘yinchilardan!
“Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov “Spartak” jamoasiga tegishli bo‘lgan Oston O‘runov haqida fikr bildirdi.
Gazizov “R-Sport” nashriga bergan intevryusida O‘runov faoliyati davomida o‘zi bilan ishlagan eng zo‘r o‘yinchilardan ekanini ta’kidladi. Bu mutaxassis hech qachon o‘zbek futbolchisining iste’dodiga shubha bilan qaramagan.
Shamil Gazizov o‘zbekistonlik futbolchi “Spartak”da ayrim sabablarga ko‘ra o‘ynab keta olmaganini ham aytdi.
- Oston qisqa fursatda o‘zining eng yaxshi darajasiga chiqa olishiga ishonman, - dedi Shamil Gazizov.
Ma’lumki, Shamil Gazizov Oston O‘runovni Rossiya premer-ligasiga olib kelgan mutaxassis hisoblanadi.
2020 yilning boshida Gazizov boshchiligidagi “Ufa” yosh yarim himoyachimizni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan transfer qildi. Dastlabki yarim mavsumda ilk marotaba legioner maqomida to‘p tepgan O‘runov kreativ o‘yin uslubi bilan ko‘plab jamoalar e’tiboriga tushdi.
Shamil Gazizov 2020 yilning yozida “Spartak” bosh direktori etib tayinlandi va Oston O‘runovni hech qaysi jamoaga bermasdan o‘zi bilan Moskva klubiga olib ketdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Gazizov “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedun bilan kelisha olmay qolgani oqibatida uning ortidan kelgan Oston O‘runovning ham ishlari yurishmay qoldi.
Gazizov “Ufa” bosh direktorligiga qaytdi va orada ikki marta O‘runovni ijaraga olib o‘ynatdi. Oston ancha qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdi. Lekn o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida avvalgi formasini tiklab, yana “Ufa”ning asosiy figuralaridan biriga aylandi.
Boshqirdiston jamoasi premer-ligani tark etganidan keyin Oston O‘runov ham 2025 yilning yozigacha tuzilgan shartnoma asosida yana “Spartak” jamoasiga qaytdi.
Tabiiyki, “Spartak” uni asosiy tarkibga kiritgani yo‘q. Moskvaliklar O‘runovdan qutilmoqchiyu Yaqinda legionerimizga Osiyo klublari, xususan, Janubiy Koreya va Erondan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. Shuningdek, “Navbahor” uni o‘z safiga qo‘shib olishga uringani haqida ham xabar berildi.
Hozircha, Oston O‘runovning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Futbolchimizni olmoqchi bo‘layotgan klublarga uning maoshi og‘irlik qilyapti. O‘yinchining o‘zi maoshini pasaytirishga ko‘nmayotgan ko‘rinadi.
Oston O‘runov “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvisi hisoblanadi. Biroq, professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan. Shuningdek, poytaxtimizning “Lokomotiv” jamoasida ham to‘p tepgan.
21 yoshli futbolchi bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladi. Faoliyati davomida jami 111 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga beshta gol urgan va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgan.
O‘runov 2019 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. O‘rtada ma’lum muddat tanaffusdan keyin u yana terma jamoaga qaytarildi.
Hozircha, Oston mamlakatimiz bosh jamoasi safida etti marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.
Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan superklub “Roma”dan boshqa hujumchi oladi!
Rossiya va Belarus klublari taklifiga qaramagan legionerimiz premer-ligaga kelganidan xursand
Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!
Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!
To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!
Fikrlar