
Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!
Igor Sergeev o‘tgan mavsumda “Tobol” jamoasi tarkibida Qozog‘iston chempioni bo‘lgandi. Kustanayliklar mamlakat chempioni sifatida Evropa Chempionlar ligasining birinchi saralash raundida ishtirok etdi.
Bu raundda “Tobol”ga jiddiy raqib – Vengriyaning “Ferentsvarosh” klubi ro‘baro‘ bo‘ldi. Jamoalaring Qozog‘istondagi ilk uchrashuvida hisob ochilmadi. Vengriyadagi javob o‘yinida mezbonlar 5:1 hisobida zafar quchdi. “Tobol”ning yagona javob to‘pini Igor Sergeev kiritdi va Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘zbekistonlik futbolchilar qatoriga qo‘shildi.
InStat Index analitika kompaniyasi o‘sha uchrashuvda ishtirok etgan “Tobol” o‘yinchilarning harakatlarini baholab chiqdi. Unga ko‘ra, vengriyaliklar darvozasini ishg‘ol qilgan Igor Sergeev jamoasining eng zo‘r o‘yinchi, deb topildi.
Hamyurtimiz InStat Index reytingida hammadan ko‘p – 228 ball jamg‘argan.
InStat Index analitika kompaniyasi reytingida eng ko‘p ball to‘plagan “Tobol” futbolchilarining ko‘rsatkichi quyida keltirilgan:
- Igor Sergeev — 228
- Zoran Toshich — 227
- Dushan Yovanchich — 210
- Sergey Maliy — 202
- Bagdat Kairov — 201
- Samat Jarinbetov — 201.
Ta’kidlash joizki, Igor Sergeev UEFA tasnifidagi musobaqalarda kiritgan gollari hisobini o‘tgan yili ochgan edi. U “Tobol” safiga yangi qo‘shilgan paytda Konferentsiyalar ligasining saralash turnirida to‘rtta o‘yinda qatnashgan va Xorvatiyaning “Xayduk” jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgandi.
29 yoshli hujumchimiz faoliyatiga nazar tashlasak, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi o‘zi o‘ynagan barcha jamoalar va chempionatlarda gol urishni uddalab kelmoqda.
Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portalida Igor Sergeev “Paxtakor” safida jami 137 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 79 ta to‘p kiritgani va 14 ta assist muallifi bo‘lgani qayd etilgan.
Shuningdek, hujumchimiz Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Zafra” jamoasi safida 10 ta o‘yinda bitta gol, ikkita assist, Xitoyning “Beytszin Goan” jamoasida 16 ta uchrashuvda bitta gol, Qozog‘istonning “Aktobe”si tarkibida 20 ta bag‘sda ettita gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Igor Sergeev “Tobol”ga o‘tganidan beri 36 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga bitta golli uzatma bergan.
Tajribali hujumchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini ham davom ettirmoqda. Sergeev mamlakatimiz bosh jamoasi safida 63 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 19 ta gol rasmiylantirgan.
Umarovning qadriga etmagan BATE ketma-ket qoqilmoqda!
Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!
Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?
Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!
Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!
Fikrlar