
O‘runovga 6 million evrolik taklif bo‘layotgani rostmi? “Ufa” rahbari javob berdi
“Ufa” vasiylik kengashi raisi Rostislav Murzagulov klubga Oston O‘runov transferi bo‘yicha qator takliflar kelib tushganini tasdiqladi.
- Shamil Gazizov “Ufa”da Oston O‘runovga 6 million evrolik taklif borligini aytibdi. Haqiqatan bizda o‘zbek futbolchisi bo‘yicha yaxshi takliflar bor va yaqin kunlarda bu masalani hal qilamiz. Aniq summalar haqida gapirmayman, - dedi Rostislav Murzagulov.
Rossiya premer-ligasida ko‘pchilik Oston O‘runovning “Spartak”ga o‘tishini kutmoqda. Bunga javoban Moskva klubi bosh direktori Shamil Gazizov “Ufa”da o‘zbek legioneri bo‘yicha 5-6 million evrolik taklif borligini aytib, xulosa chiqarishga shoshilmaslikni so‘ragan edi.
Fikrlar