O‘runovning jamoasi PUBG Mobile hamkoriga aylandi

  • 27 noyabr, 2020, 16:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradigan "Spartak" klubi mobil jangovar turkumiga kiruvchi PUBG: Mobile o‘yini bilan hamkorlik qilishni boshladi.

Tecno

Klub Georgiy Jikiya, Aleksandr Kokorin, Pavel Maslov va Ilya Gaponov ishtirokida videorolikni taqdim qildi.

Hamkorlik doirasida 30 noyabrdan 13 dekabrgacha maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. O‘yin foydalanuvchilari muayyan vazifalarni bajarganidan so‘ng, "Spartak" rasmiy liboslari va o‘yin jihozlarini qo‘lga kiritishlari mumkin.

Shuningdek, ishtirokchilar "Spartak" futbolchilari imzosi tushirilgan beshta libosdan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!