
O‘runovning ustozi Bundesligaga yo‘l olishi mumkin
Bundesliganing "Verder" klubi "Spartak" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Metaratings" xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, nemis klubi "Spartak" bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayotgan Tedeskoni taklif qilmoqchi. Domenikoning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Tomonlar mudatidan avval ham shartnomani bekor qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Verder" 12-turdan so‘ng 11 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar