O‘runovning yangi transfer narxi ma’lum bo‘ldi!

  • 4 iyun, 2021, 21:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan transfer transfermarkt.de portali Rossiya premer-ligasi futbolchilarining mavsum yakuni bo‘yicha yangilangan narxini e’lon qildi.

Tecno

Ma’lumki, o‘tgan mavsumda Rossiya premer-ligasida uch nafar hamyurtimiz to‘p tepgandi. Eldor Shomurodov “Rostov”da sakkizta uchrashuvda maydonga tushganidan keyin oktyabr oyida “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgandi. Hamyurtimizning Italiyadagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli bo‘lgani barchamizni xushnud etmoqda. Ayni paytda Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirida ishtirok etishga tayyorlanmoqda.   

188900455_4594841420526742_6246503517760423889_n

Shuningdek, yozgi transferlar vaqtida Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi safiga qo‘shilgan Jasur Jaloliddinov Rossiya futboliga kira olmadi. Iste’dodli yosh futbolchimiz, keyinchalik “Tambov”ga ijaraga berilgan bo‘lsa-da, premer-ligada debyut qilishiga imkon berishmadi. Natijada Jasur “Lokomotiv” bilan ko‘p yillik shartnomani bekor qilib, ortga qaytdi.

Jasur hammasini boshidan boshlash uchun o‘zida kuch topa oldi. “Andijon”dan qo‘nim topgan futbolchi yaqinda 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoamiz safida Ukrainadagi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi. Musobaqada ikkita uchrashuvda ikkita gol urgan Jaloliddinov turnirning eng zo‘r futbolchisi, deb topilgani ham uning imkoniyati kengayib borayotganidan dalolat beradi.

9-1622278460-Diyora-post-material

Yakunlangan mavsum oldidan “Spartak”ga o‘tib, shov-shuv ko‘targan Oston O‘runovdan umidimiz katta edi. “Ufa” tarkibida yarim yil to‘p tepib, kreativ o‘yini bilan nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygan iste’dodli yarim himoyachimizning poytaxt jamoasida omadi chopmadi.  “Spartak”ning asosiy  tarkibiga kira olmagan Oston qishda “Ufa”ga qaytgandi. Lekin bu jamoada ham avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi.

Natijada O‘runovning transfer summasi pasayishda davom etmoqda. Transfermarkt.de portali e’lon qilgan yangilangan reytingda Ostonning transfer narxi bir yarim milliondan uch yuz ming evro pasayib, ayni paytda 1,2 million evroni tashkl qilmoqda.

frrdinu0ze78iqtkoyvo

O‘runov transferining dinamikasika nazar tashlasak, u jadal ko‘tarilib kelayotgan edi. Hamyurtimiz 2017 yili “Paxtakor” a’zosi bo‘lganida 25 ming evroga baholangan.  “Navbahor”dagi ikki yil davomida uning narxi 75 ming evrodan keskin ko‘tarildi va  2019 yili Toshkentning  “Lokomotiv” jamoasiga qo‘shilganida bu summa bir million evroga etgandi.

Keyinchalik 2020 yilning boshida “Ufa”da 900 ming evroga tenglashtirilgan transfer summasi yil o‘rtasiga borib, 1,5 millionga ko‘tarildi. Ikki jamoa safida premer-liga va kubok musobaqasida jami 19 ta o‘yin, bitta gol va bitta golli uzatma bilan omadsiz yakunlangan mavsumdan so‘ng, vaziyat salbiy tomonga o‘zgarganini ko‘rish mumkin.

Shunday bo‘lsa-da, “Spartak” qishda o‘zbek futbolchisini “Rubin”ga olti million evroga, mavsum oxirida “Ufa”ga 3 million evroga sotishga uringan edi.

Xullas, bu muvaffaqiyatsizliklardan keyin Oston O‘runovni katta sinovlar kutib turibdi. To‘g‘risi, premer-ligada birorta jamoa unga og‘iz solayotgani yo‘q. Ufaliklar ham o‘zini ko‘rsatolmagan futbolchini “Spartak”ga qaytarib berdi.

large

Oston bilan yana to‘rt yil hamkorlik qilishi kerak bo‘lgan “Spartak” rahbariyati qaroriga ko‘ra, 20 yoshli legionerimiz ikkinchi jamoaga o‘tkazildi va kelasi mavsumni Rossiya Milliy futbol ligasida o‘tkazadigan bo‘lyapti.

Rossiyada yulduzga aylanishi kutilgan O‘runov nega “sinib” qoldi?

Biz ortiq Shomurodovni ushlab qololmaymiz!

“Milan”ga Shomurodov kerak!

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

“Jenoa” muxlislari Shomurodovning ketib qolishidan xavotirda!

“Milan”ga Shomurodov kerak!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
05/06/2021 11:26
Яҳши эмас бу ҳолатлар. Ўзбек йигитларига ярашмайди. Булар дарров ўзларини қўлга олиб ўсишда давом этишлари керак. Мана Элдор бунга яққол мисол Достон,Элдор ва яна Забихуллони номлари Осиёда ёшлар ўртасида энг яхши футболчи бўлишга номзод бўлганди бир неча йил олдин. Достонга беришди, натижа нима бўлди Достон ва Забиҳулло Ўринбоев йўқолиб қолди ўсишдан тўҳтади. Элдор эма ўсмоқда. Ўз вақтида ҳам Истедодлар жуда кўп эди, Аббосбек Маҳсуталиев, Темур Ҳакимов ва бошқалар... Бизда йўқотиш осон истедодларни. Шунисига ҳеч тушинмайманда. Ҳаммаси меҳнат ва ташқи таъсирларга боғлиқдир балки.
Алишер Собиров
05/06/2021 09:18
Шу Достонга Фаросатсиз Юрани гаплари хам тасир килди деб уйлайман.Юран футболдан кетгандан кейин ахмок булди колди (алкаш)
&
LiViRpUl+ GeNeO
05/06/2021 09:11
U qilib bu qilib oston b/n jasurni sindirishdi ikkovidan umidim katta edi eldor birnarsa qilib qochib qutildi ruslar uzbeklarni sindirib kukartirmaslik musofirlarimizni Ollohimni uzi qulasin omad ukajonlarim
Elyor Baratov
05/06/2021 08:11
Shu O'rinov nimani qoyillatyapti?
Adashmasam 2 yildan buyon buni mashmashasi tugamadi!
O'zbek futbolidayam bir tiyinlik nafi yo'q!
O'rinov u qildi, O'rinov bu qildi!
Xullas bu yerda daraja, tayyorgarlik, harakat 0 ga teng!