
Osimxen yana APLning grand jamoasi bilan muzokarani boshladi
Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tishi amalga oshmay qolgach, Angliyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Foot Mercato" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer shartlari bo‘yicha shaxsiy shartnomada kelishilmasligi sababli Osimxenning "Al-Hilol"ga o‘tishi bekor qilindi. Endi futbolchi va "Manchester Yunayted" o‘rtasida muzokaralar qayta boshlangan.
Qayta ko‘rib chiqilayotgan shartlar:
Yillik maosh: 12 million evro
Transfer summasi: 75 million evro (bu summa "Napoli" talab qilayotgan miqdor hisoblanadi)
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Osimxen "Galatasaray" klubida ijara asosida o‘ynagan va 41 ta o‘yinda 37 ta gol, 7 ta assist bilan jamoasiga chempionlikni qo‘lga kiritish uchun katta hissa qo‘shgan edi.
Fikrlar