
Osiyo chempionati. Bokschi qizlarimiz 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Bundan biroz oldin ayollar o‘rtasidagi bahslar biz uchun nihoyasiga etdi. -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Yodgoroy Mirzaeva final yo‘llanmasi uchun Xitoy taypeyilik Yu-Ting Linga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar hisobi bo‘yicha raqibasiga imkoniyatni boy berdi.
-64 kg vazn toifasida esa yana bir hamyurtimiz - Maftuna Melieva o‘z jangini o‘tkazdi. Melieva yarim finalda hindistonlik Kaur Baatga engildi.
Shu tariqa boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qit’a birinchiligidagi yurishini yakunladi. Vakilalarimiz mazkur musobaqada 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
-57 kg Yodgoroy Mirzaeva
-64 kg Maftuna Melieva
-69 kg Shahnoza Yunusova.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Fikrlar