
Osiyo chempionati. Bugun 12 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi!
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bugun kun davomida U-19 jamoamizdan 12 nafar yigit va qizlarimiz final uchun o‘z bahslarini o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, +80 kg vazndagi Sobiraxon Shaxobiddinova qur’aga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
-48 kg: Maftuna Musurmonova - Thao Than Lus (Vetnam);
-60 kg: Sevara Mamatova - Alina Kudaigenova (Qozog‘iston);
-70 kg: Rayhona Qurbonboeva - Zarina Asanova (Qirg‘iziston);
-75 kg: Maftuna Yangieva - Tongtong Gu (Xitoy);
-80 kg: Ruxshona Parpieva - Kuralay Eginbaykizi (Qozog‘iston);
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Tortubek Adilet (Qozog‘iston);
-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Yuheng Li (Xitoy);
-70 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Mohammad Saleh Roozbahani (Eron);
-75 kg: Muhammadjon Yaqupboev - Usman Kaparov (Qirg‘iziston);
-80 kg: Norbek Abdullaev - Heon-Seung Jeong (Janubiy Koreya);
-85 kg: Samir Sobirov - Damheon Park (Janubiy Koreya);
+90 kg: Islam Salihov - Abbas Garshasbi (Eron);
Bu haqda O‘bekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar