Osiyo chempionati: Miraziz Mirzaxalilov hindistonlik bokschiga qarshi jang qildi
Dubayda davom etayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan -57 kg vazn toifasidagi vakilimiz Mirazizbek Mirzaxalilovning jangi ham o‘z yakuniga etdi. U chorak final bosqichida hindistonlik Uddin Muhammadga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang murosasiz tarzda boshlandi. Chunki, hindistonlik bokschi ham dastlabki raundda bo‘sh kelishni xohlamadi. Biroq tajribali vakilimiz qolgan raundlarda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakunda hakamlarning qaroriga ko‘ra, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Amaldagi jahon chempioni hisoblanuvchi ushbu hamyurtimiz shu tariqa, yarim finalga yo‘l oldi. Oldinda yana 6 nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar