Osiyo chempionatiga tayyorgarlik boshlanmoqda. Yig‘inga kimlar jalb qilindi? Qur’a sanasi ma’lum

  • 4 dekabr, 2020, 20:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston U-21 ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik dasturidan o‘rin olgan dastlabki mashg‘ulotlar 10-18 dekabr kunlari “Chig‘atoy” bazasida bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar berganimizdek, 2020 yilgi ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo chempionati saralash bellashuvlarining dastlabki bosqichi 2021 yil 17-21 mart kunlari o‘tkaziladi.

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 1-savatchadan o‘rin oladi. Bu savatchada shuningdek, Vetnam, Tailand, Eron va Nepal vakillari joylashgan. Mazkur qur’a marosimi OFKning Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida 23 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

photo_2020-12-04_12-15-06

Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:
1. Plyushkevich Angelina
2. Nurulaeva Sevara
3. Usmonova Ruxsora
4. Qo‘chqorova Sevara
5. Kosnikova Marina
6. Ibragimova Gulchiroy
7. Iskandarova Nodira
8. Toshpo‘latova Rushana
9. Oktyabreva Sabrina
10. To‘raeva Marjona
11. Shodieva Amina
12. Norboeva Maftuna
13. G‘anieva Charos
14. Seyitmirova Soxibabonu
15. Otenazarova Aygerim
16. Mamatkarimova Zarina
17. Suyunova Oysara
18. Jurabaeva Diyora
19. Zaynitdinova Shaxrizoda
20. Erkinova Komola
21. Xatamova Umida
22. Mingboeva Omadoy
23. Bobokulova Albina
24. Saydullaeva O‘g‘iloy
25. Sodiqova Parvina
26. Rustullaeva Leyla
27. Oraniyazova Leyla
28. Rashidova Tojiniso
29. Abduganieva Jasmina

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!