Osiyo chempionatlarining yangi sanalari ma’lum qilindi
Bugun OFK futzal va sohil futboli qo‘mitasining tarixiy, birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining taqvimi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mazkur chempionat 23 martdan 3 aprelga qadar Kuvayt mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, qo‘mita majlisida sohil futboli bo‘yicha Osiyo chempionatini 28 apreldan 8 mayga qadar Tailandda o‘tkazish taklifi ma’qullangan.

Fikrlar