Osiyo karatechilari Toshkentda jam bo‘ldi
Osiyo karate federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilidigan navbatdagi saylov kongressi joriy yilning 18 iyul kuni poytaxtimizdagi "Intemational Tashkent" mehmonxonasida o‘tkaziladi. Shuningdek, 19-21 iyul kunlari "O‘zbekiston" sport majmuasida karate (WKF) bo‘yicha XVI Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yirik sport anjumanlarini yuqori saviyada o‘tkazishga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz karate milliy feleratsiyasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradio kompaniyasi o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
19-21 iyul kunlari "O‘zbekiston" sport majmuasida karate (WKF) bo‘yicha XVI Osiyo chempionatida 50 ga yaqin davlatda 500 nafarga yaqin karatechilar g‘olibilik o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA muxbiri

Fikrlar