Osiyo klublari MYu futbolchisiga 15 mln dollar maosh bermoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
"Championat.com" nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik xavbek uchun Saudiya Arabistoni klublari yiliga 15 mln dollar maosh ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qilmoqchi. Futbolchining o‘zi hali bir qarorga kelmagan, ammo 2021 yilda mankuniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishi bois, ushbu taklifni jiddiy ko‘rib chiqishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Xuan Mata 2014 yildan buyon "qizil iblislar" a’zosi hisoblanadi. Ortda qolgan vaqt mobaynida u 257 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 gol va 45 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.



Fikrlar