Osiyo Kubogi (U-23). 10 futbolchi bergan "Nasaf", mag‘lub bo‘lmagan termalar... yoxud guruh bosqichining eng ko‘zga ko‘ringan statistikalari!

  • 17 yanvar, 2020, 02:49
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi Osiyo Kubogi (U-23) bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Ushbu musobaqaning guruh bosqichida qayd etilgan eng qiziqarli statistikalarni e’tiboringizga havola etamiz.

5951579088339

Guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish, faqatgina Janubiy Koreya terma jamoasiga nasib etdi. Janubiy Koreya terma jamoasi Xitoyni 1:0, Eronni 2:1 va O‘zbekistonni 2:1 hisoblarida mag‘lub etib, 9 ochko jamg‘argan holda, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

8821579091146

7 ta terma jamoa mag‘lubiyat nimaligini bilmadi va shulardan 5 tasi, Avstraliya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA va Iordaniya chorak finalga yo‘l oldi. Iroq va Qatar termalari ham biror marta imkoniyatni boy berishmadi, ammo 3 ta o‘yinda 3 ta durang qayd etgan ikkala terma jamoaga ham pley-off bosqichiga chiqish nasib etmadi.

A guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan, mezbon mamlakat Tailand umumiy 7 ta gol urdi va bu borada guruh bosqichida raqib darvozalariga eng ko‘p yo‘l topgan jamoa bo‘ldi. Xitoy termasi esa birorta ham gol urolmadi.

ycshdrqnc2xwpufybrik

1996 yilning dekabr oyida tavallud topgan Iroq terma jamoasining yarim himoyachisi Muhammad Qosim raqiblari darvozasiga 3 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadamga aylanib oldi.

hkjwz7rxnjpedl0nuxua

Muhammad Qosimdan tashqari, Abdulrahmon Barakot (Suriya), Li Dong-Jun (J.Koreya), Muhammad Marhun (Bahrayn), Nik Dagostino (Avstraliya), Yosin Dali (Suriya), Oh Syo-Hun (J.Koreya), Abdulrahmon Al-Amiri (BAA), Vongkorn (Tailand) va hamyurtimiz Islomjon Qobilov hisoblarida 2 tadan gol bor.

451578838941

Guruh bosqichida o‘ynagan eng yosh futbolchi, bu Tailand forvardi Suf’anat Muenta bo‘ldi. U Bahrayn termasiga qarshi o‘yinda 17 yosh-u/5 oy/6 kunligida maydonga tushdi.

800_95aec7976e71a2e

Iroq terma jamoasi yarim himoyachisi Ali Hamid Qosim Tailand (1:1) ga qarshi kechgan bahsda 23 yosh-u/10 oy/9 kunligida to‘p surdi va guruh bosqichida o‘ynagan eng yoshi katta futbolchi bo‘ldi.

Xabaringiz bor, "Nasaf" klubidan 10 ta futbolchi terma jamoamiz safiga jalb qilingan. Ushbu musobaqada boshqa hech qaysi klub bunchalik ko‘p futbolchi terma jamoaga etqazib bermagan. Vetnamning "Ha Noy" va Bahraynning "Al-Muharraq" klublarining 6 tadan futbolchisi Osiyo Kubogida ishtirok etdi.

1341578570257_1

Yana bir qiziq tomoni, O‘zbekiston Superligasidan 23 ta futbolchi terma jamoamiz a’zosi hisoblanadi va birorta ham legioner yo‘q! Boshqa hech qaysi ligadan 23 ta futbolchi terma jamoaga chaqirilmagan.

Qatar yulduzlar ligasidan 22 nafar futbolchi musobaqada qatnashdi.

Musobaqada umumiy 65 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Bu borada, Yaponiya terma jamoasi etakchilik qildi. Yapon futbolchilari o‘tkazilgan 3 ta bellashuvda 5 marotaba ogohlantirilgan bo‘lsa, yana 2 marotaba qizil kartochka bilan jazolanishdi.

japan-vs-saudi-arabia-pathum-thani-thailand-shutterstock-editorial-10521553k

Janubiy Koreya va Iroq terma jamoasi bor-yo‘g‘i ikki marotabadan sariq kartochka oldi. Bu borada, O‘zbekiston terma jamoasi KHDR bilan bir hil, ya’ni 3 marotabadan hakamlar tomonidan ogohlantirilishdi.

4521578838941

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
17/01/2020 11:16
КИМ НИМА ДИСА ДИСИНУ УЗБЕКИСТОН БУЙИЧА НАСАФ АКАДЕМИЯСИ 1 ЧИ УРИНДА ФУТБОЛЧИЛАР ЧИКОРИБ БЕРИШ БУЙИЧА
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/01/2020 12:24
Bulmasa oldingisiga etishterib bergandi. ula yoshi katta bulib qolgani. raqabotka yutqazdi. qoil. oldingisiga. Hamrabekov. Doniyor. Rashithonov. yana bir nichta uyinlar bor edi. ing qizigi Nasaf uyinchilari. maydonga bir bosh ustin kurinapti. jon kuyitib uynash buyicha. chunki. hali ulani uzini kamandasiga Nasafka asosiy uchun kurashi kerak. Nasafka qoil. 10 uyinchi olpiskiga ketkan. yana. 6 uyinchisi. boshqa klublarga utib ketdi. savol tuguladi qaysi uyinchilar bu yilga tayorgarli kurapti ekan. lekin bu erga. ham. urtoqli uyin utkazmoqda. va galaba gozonmoqda. qoil shunchaki
Дилшод Даврлнов
17/01/2020 11:56
Насаф Халк кахрамони пахтакор эса пулнинг бори билан туп суради буни хамма билади Насафнинг ОРИ ВИЖДОНИ БОР Насафда шунака пулдор хомий топилса Насаф уйининг чегараси йук БАРЧА ЧИПИОНЛИК НАСАФДА Бу катта кетишмас бор хакикат
Baxil Alixujaev
17/01/2020 11:32
Насаф академияси энг зур! Лекин, Пахтакор мафияси томонидан Насаф кучсизлантирилди, хомийлар кочириб юборилди ва мажбуран Пахтачига хомийлик килиш талаб килинди.
SHAXBOZ Bekmurodov
17/01/2020 17:43
Bizda viloyat jamosi kuchayishi mumkun emas buni hamma biladi lekin foydasi yo‘q Nasafni kuchaytirsa xalqaro musobaqalarda O‘ZB shanini himoya qiladiku axir ey O‘FA, ey qora kuchlar qo‘yib beringlar NASAFIMGA, qo‘yib beringlar Navbahorga, qo‘yib beringlar Ma'shal, Qizilqum, Buxoro, So‘g‘diyonalarga axir OCHL atmasferasi viloyatlarniyam baralla kezsin, jonga tegdi kelishilga, o‘yinlar jonga tegdi soxtakorchilarga yon bosish,Milliy termamiz o‘yinchilari paytaxt jamolarida hammasi, unisidan bunisiga bunisidan unisiga, bunday hol bo‘gandan kiyin qanday qilib chempionatimizda raqobat kuchayadi. NASAF maydonidagi uchar kamerasi Nuriddin Zayniyev borligida turgandi endiche, O‘ZB teliradiyokampaniyasi qing‘ir yo‘l bilanmi hullas yug‘da.Nima bo‘gan tag‘dirdayam Nasaf el ardog‘idasan.
Ibrohim Kuziev
26/01/2020 15:39
ha Nasaf ofikani olip berdi
leken paktakor tarixini teklaymiz deydi kattalar oldingdan oqan suvni qadiri yuq
paxtakor ssr davrda 6 òrin olip bergan

jahon cheponatiga uxlaydi oky